2025-yilning 24-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati va Sungkyunkwan universiteti Xalqaro talabalar xizmati direktori Do Kyong Kim, Xalqaro talabalarni jalb qilish bo‘yicha menejer So-young Lee hamda Xalqaro talabalar dasturi koordinatori Hyunjune Kim o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Sungkyunkwan universiteti, Janubiy Koreyaning eng qadimiy
va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, 1398-yilda asos solingan. 2025-yilgi xalqaro reytinglarda universitet quyidagi natijalarga erishgan:
Xalqaro reytinglardagi o‘rni
- Times Higher Education (THE) World University Rankings 2025: SKKU 102-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 43 pog‘onaga ko‘tarilgan. Bu natija uni Janubiy Koreya universitetlari orasida 3-o‘ringa, xususiy universitetlar orasida esa birinchi o‘ringa olib chiqdi .
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha reytinglar
- Engineering: 70-o‘rin
- Computer Science: 86-o‘rin
- Clinical & Health (Tibbiyot): 50-o‘rin
- Business & Economics: 97-o‘rin
- Physical Sciences: 126–150-o‘rinlar oralig‘i
- Life Sciences: 126–150-o‘rinlar oralig‘i
- Arts & Humanities: 201–250-o‘rinlar oralig‘i
SKKUning reytingdagi o‘sishi ilmiy tadqiqotlar sifati va ta’siri, xususan, Field-Weighted Citation Impact (FWCI) ko‘rsatkichining yaxshilanishi bilan bog‘liq. Universitet global hamkorliklar, innovatsion ta’lim dasturlari va talabalar uchun moslashtirilgan yo‘nalishlar orqali o‘zining raqobatbardoshligini oshirib bormoqda.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari hozirda 50 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi.
Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini tez kunda imzolashga kelishib olindi.
EYUF axborot xizmati

