O‘zeltexsanoat uyushmasining rahbar xodimlari uchun Jamg‘arma bilan hamkorlikda Jamg‘arma faoliyati stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni mutaxassislarga yetkazish qaratilgan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar “El-yurt umidi” jamg‘armasi va O‘zeltexsanoat uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, seminarda 30 dan ortiq soha rahbar xodimlari ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunga kelib uyushma tarkibiga respublikaning 75 ta yirik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar azo bo`lib, shundan 13 tasi – kabel-sim mahsulotlari, 27 tasi – maishiy texnika va 37 tasi – boshqa turdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar turiga kiradi. Respublikada ishlab chiqariladigan elektrotexnika mahsulotlarining 81 foizi aynan ushbu korxonalar ulushiga to`gri kelmoqda.
- Hozirgi vaqtda soha korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchilar soni – 30,9 mingtani tashkil etmoqda.
- Uyushma korxonalari tomonidan 2023 yilning I yarim yilligida, sohada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10,3 trln. so‘mga yetkazildi.
- Joriy yilning o‘tgan 6 oyi yakuni bilan korxonalar tomonidan jami 471,6 mln. dollarlik mahsulotlar tashqi bozorlarga eksport qilindi.
Onlayn seminarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javoxir Ahmedov tomonidan Jamg‘arma ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi bilan bog‘liq yangiliklar to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Taqdimotdan so‘ng O‘zeltexsanoat uyushmasiga qarashli korxonalarning rahbar xodimlari tomonidan ko‘plab savollar berildi va barcha savollarga Jamg‘arma rasmiylari tomonidan batafsil javob berildi.
Bundan tashqari barcha seminar ishtirokchilariga til bilish ko‘nikmalarini yaxshilash borasida kerakli tavsiyalar berildi.

