Joriy yilning 19-mart kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati
va Qatarning “Georgetown University in Qatar” universitetining Tashqi aloqalar bo‘yicha ijrochi direktori Xaled Al Yusuf, Tashqi aloqalar boshqaruvi direktori Hussein Aldobashi, Tashqi aloqalar boshqaruvi ma’muri Rita Roche hamda Xalqaro qabul bo‘yicha Dekan yordamchisi Josep Hernandez o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokamasi yuzasidan Zoom orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: 2015-yilda universitet oʻz vakolatlarini tashqi xizmat sohasida asosiy bakalavriat darajasiga qoʻshimcha ravishda boshqaruvchi va kasbiy taʼlim va maxsus taʼlim dasturlarini oʻz ichiga olgan holda kengaytirdi. U Qatardagi Jorjtaun universitetiga (ilgari Qatardagi Jorjtaun universitetining tashqi xizmat maktabi yoki SFS-Q) rebrendini o‘z vakolati kengayganligini aks ettirdi.
Mazkur uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, “Georgetown University in Qatar” tomonidan Jamg‘arma stipendiatlariga universitetda yaratib beriladigan sharoitlar, ularni yaxshi ta’lim olishlari uchun hamkorlikda kelajakda amalga oshiriladigan vazifalar, ularni o‘qish xarajatlaridan chegirmalar olish, doktorantlikka nomzodlar uchun ilmiy rahbar topish kabi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida, Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari v.b Javohir Ahmedov tomonidan vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini ushbu universitetda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka o‘tishini tashkil qilish hamda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga universitet professor-o‘qituvchilarini jalb etish bo‘yicha taklif kiritdi.
O‘z o‘rnida mazkur takliflar Hussein Aldobashi qo‘llab-quvvatlanib, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.
Mazkur uchrashuvda Jamg‘arma stipendiatlarini ushbu universitetda ta’lim olishida ko‘maklashish shuningdek, Jamg‘arma stipendiya tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlari uchun universitetda o‘qish imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayonlari bo‘yicha onlayn vebinar tashkil etishga kelishib olindi.
2025-yildan boshlab ushbu universitetda o‘qish uchun boradigan Jamg‘arma stipendiatlarning o‘qish xarajatlaridan 35 foizlik chegirmalar ajratilishiga kelishib olindi. Uchrashuvlar yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan yangilangan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.

