Joriy yilning 11-mart kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari
v.b Javohir Ahmedov va University of Minnesota Twin Cities vakillari ishtirokida hamkorlik memorandumining loyihasi bo‘yicha kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalar uchun yanada chuqur bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga qulay va innovatsion ta'lim sharoitlari yaratish, qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish masalalari batafsil muhokama qilindi. Tomonlar bu borada o‘zaro manfaatli
va samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar tomonidan
“O‘zbek Talabalar jamiyati”ni tashkil etish va madaniy tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash
va rivojlantirish, xorijiy talabalarni ushbu tadbirlarga faol jalb qilish orqali madaniy almashinuvni kuchaytirish bo‘yicha ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda O'zbekiston davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, ularning xalqaro miqyosda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “University of Minnesota Twin Cities” kabi yetakchi xalqaro universitetlarda maxsus amaliy stajirovkalar tashkil etish masalalari ham ko'rib chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, davlat xizmatchilari uchun xorijiy professor-o'qituvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy va maxsus mavzular bo'yicha vebinarlar o'tkazish takliflari ilgari surildi.
Shuningdek, “Carlson Business School”da O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini osish masalasi ko'rib chiqildi. Universitet vakillari o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlovchi poydevor bo‘lishi va o‘zbek talabalari O'zbekiston Respublikasiga bo‘lgan cheksiz hurmatni bildirishini ta’kidlab o‘tishdi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor ta'kidlab, memorandum loyihasi hozirda har ikki tomon tomonidan yakuniy tarzda ko'rib chiqilayotganini hamda yaqin kunlarda imzolanishi rejalashtirilganini ma'lum qildilar.
11-mart kuni Javohir Ahmedov Jamg‘arma stipendiyasi asosida AQSHning Minnesota shtatidagi nufuzli “University of Minnesota Twin Cities”da ta’lim olayotgan stipendiatlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Jamg‘arma stipendiatlari bilan kechki davra suhbati tashkil qilinib, o‘zbek milliy taomlari tayyorlanib va suhbat davomida talabalarning AQShdagi ta’lim tajribasi, duch kelayotgan muammolari va kelajakdagi rejalari tinglandi.
Muhokama qilingan masalalar:
- Talabalarning AQShdagi ta’lim jarayoni va duch kelayotgan qiyinchiliklari;
- Yozda O'zbekistonda bo’lib otadigan amaliyot haqida batafsil ma’lumotga ega bolish;
- Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish;
- O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro darajada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashish.
- Ushbu uchrashuvlar davomida stipendiatlarimiz milliy kiyimlar chellenjini ham o'tkazishdi.
Uchrashuv qizg‘in va samimiy muhitda o‘tib, ochiq ruhda savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

