2025-yil 7-mart sanasi “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o'rinbosari v.b Javohir Akhmedov AQSHning Vashington shahriga rasmiy safari bo‘lib o’tdi. Ushbu safar davomida o’zaro ikki davlat o’rtasidagi ta’limga oid bir qator muhim uchrashuvlar va tadbirlar tashkil qilinib, ulardan asosiy ko’zlangan maqsad AQSHning jahon e’tirof etib keladigan top reytingga ega bo’lgan oliy ta’lim tashkilotlari va muassasalari bilan o’zaro Jamg’arma o’rtasida ikki va ko’p tomonlama memorandumlar imzolash va shu bilan bir qatorda amaldagi shartnomalar, hamkorlar bilan muzokaralar olib borishdan iborat bo'ldi. Bu o’z navbatida mamlakatimiz va AQSh o’rtasidagi ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvlar jadal va progmatik ruhda tashkil qilinib, dastlab, AQShning Davlat Departamenti bilan tashkil qilindi. Unda AQSH Davlat Departamenti Xalqaro ta’lim loyihalari rahbariyati, Fullbright dasturi rahbari, O’zbekistonning AQSh Davlat Departamentidagi ma'sul kuratorlar ishtirok etdi. Uchrashuv AQShning Davlat Departamenti Ta'lim Boshqarmasi rahbari tomonidan iliq qarshi olinib, suhbat mobaynida “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta'lim sohasidagi tashabbuslari va joriy faoliyati haqida ochiq va do‘stona suhbat hamda, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ta'lim aloqalarini yanada mustahkamlash va ta'lim sohasidagi yumshoq diplomatiyaga asoslangan kelishuvlar haqida olib borildi. Jamg’arma ijrochi direktor o'rinbosari v.b Javohir Ahmedov ushbu aloqalarni rivojlantirishda "El-yurt umidi" jamg‘armasining roli va ahamiyati haqida alohida ta'kidlab o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar kelajakda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirishdi.
Ikkinchi uchrashuv, O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida AQSh Kongress kutubxonasi bilan tashkillashtirildi. Jamg’arma vakillarining navbatdagi uchrashuvi AQSh Kongressining kutubxonasi bilan bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda O‘zbekistonlik talabalar uchun Kongress kutubxonasining ma'lumotlar bazasiga elektron kirish imkoniyatlarini yaratish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, kutubxona bilan kitob almashish marosimi tashkil etildi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro ma'lumot almashish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdi. Bu tashabbus O‘zbekistonning ta'lim tizimini yanada kuchaytirishga va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchinchi uchrashuv Kaplan Xalqaro Agentligi vakillari bilan bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar va kelajakdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Asosan, Shimoliy Amerika va Kanada universitetlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kelishuvlarga erishildi. Kaplan Xalqaro Agentligi bilan tuzilgan kelishuvlar O‘zbekistonning ta'lim tizimini global miqyosda yanada mustahkamlash va talabalarni xalqaro ta'lim tizimiga integratsiyalash uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi.
To‘rtinchi uchrashuv Sirakuza universiteti Maxvell maktabi bilan bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda, "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Sirakuza universiteti o‘rtasida yangi memorandumlar imzolandi. Memorandumlar ta'lim sohasida o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish va kelajakda talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va ta'lim dasturlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan. Bu kelishuvlar O‘zbekistonning ta'lim tizimini dunyo miqyosida yanada raqobatbardosh qilishga xizmat qiladi. Muzokaralar so’ngida ikki tomonlama memorandum imzolanib tomonlar o’zaro doimiy hamkorlikda ishlashishga kelishishdi.
Uchrashuvlardan so'ng, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan hamda Milliy kiyimlar chellenji tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda AQShning 30 dan ortiq turli shtatlaridan kelgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi. Talabalar bir-birlari bilan o‘zaro tajriba almashishdi va umumiy qadriyatlarni muhokama qilishdi.
Tadbir davomida, Jamg'arma stipendiya asosida AQSH konservatoriyalarida ta'lim olayotgan stipendiatlar tomonidan opera va milliy ijroda madaniy dastur tashkil etildi. O‘zbekistonning madaniy merosini targ‘ib qilish, milliy kiyimlar namoyishi va talabalar o‘rtasida hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir talabalar uchun unutilmas bir tajriba bo‘ldi.
Jamg’arma ijrochi direktori o'rinbosari v.b Javohir Akhmedovning Vashingtonga bo‘lgan rasmiy safari O‘zbekistonning ta'lim tizimi va xalqaro hamkorligini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida "El-yurt umidi Jamg‘armasining tashabbuslari va faoliyatlari haqida keng ma'lumot berildi, hamda yangi kelishuvlar, hamkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu safar, shuningdek, O‘zbekistonning global miqyosda ta'lim sohasidagi mavqeini mustahkamlashga hamda mamlakatimizning kelajagi uchun ta'lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

