Joriy yilning 27-fevral kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati va Birlashgan Arab Amirliklarining “New york university Abu Dhabi”ning talabalar qabuli bo‘yicha direktori Valentina Lopez, O‘zbekistonning BAAdagi diplomatik vakillari o‘rtasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Nyu-York universiteti Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklarida xususiy liberal san'at kolleji sifatida tashkil etilgan.
Nyu-York va Shanxaydagi asosiy saytlar bilan birgalikda portal kampusi NYU Global Network University tarkibiga kiradi. Universitet 2008-yilda konferensiyalar va madaniy tadbirlar uchun vaqtinchalik sayt sifatida ish boshlangan. O'quv dasturi 2010-yil sentyabr oyidan boshlab universitetning vaqtinchalik shahar markazidagi kompusida ochildi. 2014-yilda Abu-Dabidagi Saadiyat oroliga doimiy ravishda koʻchirildi.
Mazkur uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, “Abu-Dabi Nyu-York universiteti” tomonidan Jamg‘arma stipendiatlariga universitetda yaratib beriladigan sharoitlar, ularni yaxshi ta’lim olishlari uchun hamkorlikda kelajakda amalga oshiriladigan vazifalar, ularni o‘qish xarajatlaridan chegirmalar olish, doktorantlikka nomzodlar uchun ilmiy rahbar topish kabi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida, Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javohir Ahmedov tomonidan vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini ushbu universitetda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka o‘tishini tashkil qilish hamda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga universitet professor-o‘qituvchilarini jalb etish bo‘yicha taklif kiritdi.
O‘z o‘rnida mazkur takliflar Valentina Lopez qo‘llab-quvvatlanib, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.
Mazkur uchrashuvda Jamg‘arma stipendiatlarini ushbu universitetda ta’lim olishida ko‘maklashish shuningdek, Jamg‘arma stipendiya tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlari uchun universitetda o‘qish imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayonlari bo‘yicha onlayn vebinar tashkil etishga kelishib olindi.
2025-yildan boshlab ushbu universitetda o‘qish uchun boradigan Jamg‘arma stipendiatlarning o‘qish xarajatlari yo‘qligi mazkur universitetga boradigan stipendiatlarni sonini oshishiga xizmat qiladi. Uchrashuvlar yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan yangilangan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.

