2025-yilning 27-fevral kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida rahbariyati, “Gongkong fan va texnologiya universiteti” biznes va menejment maktabi magistratura dasturi boshlig‘i Salad Kwok va ushbu universitetning biznes va menejment maktabi vakili Nicole Lau o‘rtasida Jamg‘armada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Gonkong Fan va Texnologiya universiteti (HKUST) Say Kung tumanidagi davlat tadqiqot universitetidir. 1991-yilda tashkil etilgan boʻlib, u hududdagi universitet maqomiga ega boʻlgan uchinchi institute hisoblanadi. U Tay Po Tsay, Clear Water Bay yarim orolida 60 gektar (150 akr) dengiz boʻyidagi maydonni egallaydi va Gudonangjou, Xitoyning sunʼiy yoʻldosh kampusini tashkil etdi.
Universitet biznes va menejment, muhandislik, gumanitar va ijtimoiy fanlarga yo'naltirilgan to'rtta akademik maktabda tashkil etilgan. 2023-2024 oʻquv yilida u
10 000 ga yaqin bakalavriat va 6 800 doktorant tahsil oldi va 835 nafar ilmiy xodimni ish bilan taʼminladi. Ko'pgina yirik universitetlar reytingida u doimiy ravishda Osiyoning eng yaxshi 15 ta universitetlari ro‘yxatiga kiradi va xalqaro QS reytingida 60-o‘rinni egallaydi.
Hozirgi kunda mazkur universitetda uch nafar Jamg’arma stipendiati tehsil olib kelmoqda.
Mazkur uchrashuvda “El-yurt umidi” jamg‘armasi va “Gongkong fan va texnologiya universiteti” o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javoxir Axmedov tomonidan Jamg‘armaning faoliyati hamda navbatdagi tanlov jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi yangi boradigan stipendiatlarning o‘qish xarajatlari uchun 40 foiz miqdorda chegirmalar taqdim etish bo‘yicha taklif kiritildi.
Universitet vakili Salad Kwok tomonidan mazkur takliflar qo‘llab-quvvatlanib Gongkong fan va texnologiya universiteti o‘qitiladigan ustuvor sohalar, biznes boshqaruvi, injenering, arxitektura, IT, davlat boshqaruvi va gumanitar sohalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, “Gongkong fan va texnologiya universiteti”da o‘qish istagida bo‘lgan respublikamizdagi talabalar, o‘quvchilar, vazirlik va idora mutaxassislari, tadqiqotchilar va yoshlar uchun kelgusida onlayn vebinar va seminarlar o‘tkazishga kelishib oldilar.
Shuningdek, vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini universitetida qisqa muddatli stajirovka o‘tash dasturini tashkil bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Jamg‘arma va “Gongkong fan va texnologiya universiteti” vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar so‘ngida, Jamg‘armaning bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarida ta’lim oladigan stipendiatlar uchun o‘qish xarajatlaridan 40 foiz miqdorda chegirma ajratishga kelishib olindi.
Mazkur uchrashuv yakunida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Gong Kongning “Gongkong fan va texnologiya universiteti” o‘rtasida hamkorlik aloqalarini istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolashga kelishib oldilar.

