2025-yilning 20-fevral kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida rahbariyati hamda Avstraliyaning Vollongong universiteti Xalqaro talabalar qabuli bo‘yicha direktor Barish Satar hamda direktor o‘rinbosari Feras Sallan o‘rtasida Jamg‘armada onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Wollongong universiteti (UOW) Avstraliya davlat tadqiqot universiteti bo'lib, Sidneydan taxminan 80 km (50 milya) janubda, Yangi Janubiy Uelsning Wollongong qirg'oq shahrida joylashgan. 2023-yil holatiga ko'ra, universitetda 33 000 dan ortiq talaba (shu jumladan 12 300 dan ortiq xalqaro talabalar), 176 000 dan ortiq bitiruvchilar bazasi va 2400 dan ortiq xodimlar, shu jumladan 16 nafar taniqli professorlar mavjud edi.
Universitet xalqaro reytinglarda 176 o‘rinni egallaydi.
Universitet talabalari hozirda 150 dan ortiq mamlakatlardan bo'lib, xalqaro talabalar umumiy sonining 37 foizidan ortig'ini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Bega, Batemans Bay, Moss Vale va Shoalhavenda mintaqaviy universitet kampuslari, shuningdek, uchta Sidney kampuslari, jumladan UOW Sidney biznes maktabi, UOW Liverpool va UOW Satherland mavjud. Avstraliyadan tashqari, UOW Dubay, Gonkong va Malayziya shaharlarida kampuslarga ega. UOW Xitoy va Singapurdagi bir qator xalqaro ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Mazkur uchrashuvda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javoxir Axmedov tomonidan Jamg‘armaning faoliyati hamda navbatdagi tanlov jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va 2025-yildan yangi boradigan stipendiatlarning o‘qish xarajatlari uchun 30 foiz miqdorda chegirmalar taqdim etish bo‘yicha taklif kiritildi.
Universitet vakillari Feras Sallan hamda direktor Barish Satar tomonidan mazkur takliflar qo‘llab-quvvatlanib Vollongong universitetida o‘qitiladigan ustuvor sohalar, bo‘yicha, jumladan, tibbiyot, farmatsevtika, injenering, arxitektura, IT, davlat boshqaruvi va gumanitar sohalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, Vollongong universitetida o‘qish istagida bo‘lgan respublikamizdagi talabalar, o‘quvchilar, vazirlik va idora mutaxassislari, tadqiqotchilar va yoshlar uchun kelgusida onlayn vebinar va seminarlar o‘tkazishga kelishib oldilar.
Shuningdek, vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini universitetida qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturini tashkil bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Jamg‘arma va Vollongong universiteti vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar so‘ngida, Vollongong universiteti tomonidan Jamg‘armaning bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarida ta’lim oladigan stipendiatlar uchun o‘qish xarajatlaridan 30 foiz miqdorda chegirma ajratishga kelishib olindi.
Mazkur uchrashuv yakunida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Avstraliyaning nufuzli Vollongong universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolashga kelishib oldilar.

