2025-yilning 19-fevral kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida rahbariyati hamda Avstraliyaning Makkuori universiteti Xalqaro masalalar bo‘yicha Prorektor Professor, Entoni Kaxalan, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevrosiyo davlatlari bo‘yicha direktori Mett Monkxaus, Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Yevrosiyo mintaqasi bo‘yicha katta menejer Kevin Hwang o‘rtasida Jamg‘armada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Makkuori universiteti Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. Universitetga 1964-yilda Yangi Janubiy Uels hukumati tomonidan asos solingan. Universitet 4 ta fakultetdan iborat. Universitet
QS reytingida 130, o‘rinda turadi. Universitet 45 000 dan ortiq talabalar, shu jumladan,
11 000 ta xalqaro talabalar ta’lim oladi. Mazkur universitet bir qancha tashkilotlar bilan bir nechta innovatsion xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan yagona Avstraliya universiteti hisoblanadi. Jamg‘arma orqali bugungi kunda Avstraliyaning nufuzli universitetlarida 26 nafar stipendiatlar ta’lim oladi, ularning 5 nafari mazkur universitetda ta'lim olishmoqda.
Mazkur uchrashuvda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javoxir Axmedov tomonidan Jamg‘armaning faoliyati hamda navbatdagi tanlov jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, xususan Jamg‘armaning 5 nafar stipendiatlarini o‘qish xarajatlari uchun Makkuori universitetida tomonidan
30% chegirmalar ajratish hamda 2025-yildan yangi boradigan stipendiatlar uchun uning miqdorini bosqichma bosqich oshirib borish masalasi hamda Stipendiatlarning tution fee xarajatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet hisobiga o‘tkazish va qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish taklif qilindi.
Universitet vakili Entoni Kaxalan tomonidan Makkuori universiteti haqida va undagi ustuvor sohalar, jumladan, tibbiyot, farmatsevtika, injenering, arxitektura, IT, davlat boshqaruvi va gumanitar fanlar sanab o‘tildi.
Shu bilan birga, Makkuori universitetida o‘qish istagida bo‘lgan respublikamizdagi talabalar, o‘quvchilar, vazirlik va idora mutaxassislari, tadqiqotchilar va yoshlar uchun kelgusida onlayn vebinar va seminarlar o‘tkazishga kelishib oldilar.
Uchrashuvda Javoxir Axmedov tomonidan Jamg‘arma hodimlarining ushbu universitetda amaliyot o‘tashlari hamda doktoranturada tahsil olishni rejalashtirgan nomzodlar uchun ilmiy rahbar topishida ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini Makkuori universitetida qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturini tashkil bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Jamg‘arma va Makkuori universiteti vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar so‘ngida, Makkuori universiteti tomonidan Jamg‘armaning bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarida ta’lim oladigan stipendiatlar uchun o‘qish xarajatlaridan 30 foiz miqdorda chegirma ajratishga kelishib olindi.
Mazkur uchrashuv yakunida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Avstraliyaning nufuzli Makkuori universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolashga kelishib oldilar.

