Joriy yilning 17-fevral kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida rahbariyati hamda “Kaplan International Pathways” tashkiloti Inson resurslari va marketing bo‘yicha direktori Gregoriy Horobin, Homiylar bilan ishlash bo‘limi direktori Kris Braunlar
va Xalqaro menejeri Liliya Gaisina o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengaytirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: “Kaplan International Pathways” tashkiloti 1938-yil AQSH da tashkil qilingan bo‘lib, 2005-yildan boshlab Buyuk Britaniyaning London shahrida faoliyat yuritib kelmoqda. Xalqaro tashkilotning dunyo reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallagan Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya AQSH kabi rivojlangan davlatlardagi 20 dan ortiq universitetlarda bakalavriat dasturi bo‘yicha bir yillik tayyorlov kurslari (Foundation Year)da o‘qishini tashkil etib kelmoqda.
2023-yilning 20-iyun kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Kaplan xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandum doirasida Jamg‘armaning bakalavriat dasturi bo‘yicha bir yillik tayyorlov kurslari (Foundation Year)da o‘qiydigan stipendiatlari uchun alohida o‘qish xarajatlaridan 25 foiziga qadar chegirmalar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari v.b Javohir Ahmedov “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lgan 33 nafar stipendiatlarni ushbu tashkilotga a’zo universitetlarga yuborilganligini ma’lim qildi. Jamg’arma stipendiatlari uchun yanada ko‘proq chegirmalar ajratish bo‘yicha takliflar kiritdi.
Ushbu taklif “Kaplan International Pathways” tashkiloti rahbari Gregoriy Horobin tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va stipendiatlarning o‘quv xarajatlaridan maksimal chegirmalar ajratishini ma’lum qildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma va Kaplan xalqaro tashkiloti o‘rtasida davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovka dasturi masalasi hamda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va maktab o‘quvchilari uchun onlayn vebinarlar tashkil etilishi muhokama qilindi.
Kaplan xalqaro tashkiloti vakillari tomonidan davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovka dasturini yuqori darajada tashkil etib berish hamda dasturlar uchun Jamg‘armaga alohida chegirmalar ajratilishini ma’lum qildilar.
Uchrashuv so‘nggida, bir yillik tayyorlov kurslari (Foundation Year)da o‘qiydigan stipendiatlari uchun yanada ko‘proq chegirmalar olish, ularga kengroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratish masalalari ham muhokama qilinib, tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini kelishib oldilar.

