Joriy yilning 30-yanvar kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori, Professor Adxam Bekmurodov, Jamg’arma jamoasi hamda Malayziyaning nufuzli universitetlarida ta’lim olayotgan stipendiatlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot o‘tkazildi.
Mazkur onlayn muloqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tadigan forumlarda doirasida ishtirok etish, 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yuneskoning “Turizm formi” haqida yangiliklar yetkazildi. Ushbu forum doirasida Stipendiatlarimiz o‘zlari tahsil olayotgan universitetlardagi kursdoshlari uchun yurtimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, Jamg‘arma stipendiatlari bilan doimiy muloqotni davom ettirish, stipendiatlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, ular duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va hal qilishga ko‘maklashish, shuningdek, kelajakdagi rejalarini bilish, 2025-yilda ular oldiga qo'ygan masalalar va ulardan kutilayotgan natijalar kabi vazifalar muhokama qilindi.
Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish hamda xorijda ta’lim olayotgan mutaxassisliklari bo‘yicha mamlakatimizni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflarini o‘rganish va amaliyotga joriy qilishga ko‘maklashish, ularni o‘qishlarini tugatib qaytganlaridan so‘ng vazirliklar tizimida mehnat faoliyatini olib borishni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda 15 nafar mamlakatimizning iqtidorli yoshlari Jamg‘arma stipendiyasi asosida Malayziyaning nufuzli oliygohlarida ta’lim olib kelishmoqda.
Stipendiatlar o‘zi ta’lim olayotgan xorijiy universitetlarida O‘zbekistoning ijobiy imidjini yanada oshirish yuzasidan taqdimotlar, davra suhbatlarini tashkil etish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, Jamg‘arma stipendiatlari tomonidan ta’til vaqtida mamlakatimizga qaytganlarida sohalari bo‘yicha vazirliklarda amaliyot o‘tashlari yuzasidan takliflar kiritildi. Mazkur yo‘nalishda Jamg‘arma rahbariyati vazirliklar bilan stipendiatlarning amaliyot o‘tashlari bo‘yicha yaqindan ko‘mak ko‘rsatishlarini ma’lum qildilar.

