Joriy yilning 22-yanvar kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati hamda BAAning “Synergy University” Хalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Metelitsiya Yuliya o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sinergiya universiteti (Synergy University) — Rossiyadagi yirik xususiy universitetlardan biri bo‘lib, 1988-yilda tashkil etilgan. Ushbu universitet nafaqat Rossiyada, balki xalqaro miqyosda ham ta’lim beruvchi nufuzli oliygohlardan biri sifatida tanilgan.
Sinergiya universitetining Dubaydagi filiali (Synergy University Dubai) — Buyuk Britaniya, Yevropa, AQSH va Rossiya ta’lim standartlari asosida xalqaro darajadagi ta’lim beruvchi filial hisoblanadi. Universitet 2013 yilda BAAning Dubay shahridagi “Jumeirah Lakes Towers” erkin iqtisodiy zonasida o‘z faoliyatini boshlagan. Bu zona hukumat tomonidan akademik va biznes faoliyat uchun yaratilgan zamonaviy hududdir. Filial mintaqa talablariga mos ravishda biznes va turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Ta’lim dasturlari: 1000 dan ortiq bakalavr, magistr, aspirantura va qo‘shimcha ta’lim kurslari mavjud. Rossiyada 7 ta kampus va BAAning Dubay shahrida xalqaro kampus mavjud. Universitet Rossiyadagi talabalar va xalqaro talabalar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Hozirda jami 77000 dan ortiq talabalar mavjud. Universitet Yevropa, Xitoy, Hindiston, Malayziya va boshqa mamlakatlarning ko‘plab yirik universitetlari bilan ikki dasturli loyihalarga ega.
Ta’lim dasturlari: Dubaydagi filial xalqaro va mahalliy talabalar uchun keng ko‘lamli bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
• Biznes boshqaruvi (MBA, BBA)
• Turizm va mehmonxona boshqaruvi
• Marketing
• Xalqaro biznes
• Axborot texnologiyalari va boshqaruv
Universitet reytinglarda:
Tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha “Interfaks” reytingida 1-o‘rin (2023).
Rossiyaning yeng yaxshi universitetlari reytingida 3 o‘rin HeadHunter
(2022-2024)
Xalqaro reytingda (QS DEKA University Rankings) top 400 talikka kirgan (2021).
Rossiya Federatsiyasining EdTech-kompaniyalari reytingida 1-o‘rin (2024).
Uchrashuvning asosiy maqsadi, “Synergy University” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikda universitet ta’lim dasturlari doirasida o‘zbek yoshlarini mazkur universtetda ta’lim olishini tashkil etish va vazirlik va idoralar mutaxassislari uchun stajirovka dasturlarini tashkil etish masalalarini muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javohir Axmedov tomonidan mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, o‘zbek yoshlarining yetakchi xorijiy universitetlarda ta’lim olishi va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Jamg‘armaning ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni xorijdagi nufuzli universitetlarda jumladan, “Synergy University”da ta’lim olishi yuzasidan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma stipendiatlariga barcha dasturlar bo‘yicha ma’lum miqdorda grant ajratish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
“Synergy University” va Jamg‘arma hamkorligida O‘zbekiston yoshlari uchun mazkur universitetda ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan vebinar tashkil etish taklif qilindi.
Barcha takliflar BAAning “Synergy University” xalqaro aloqalar bo‘limi menejeri Metelitsiya Yuliya tomonidan ma’qullandi va memorandumdan so‘ng
“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining o‘qish xarajatlaridan chegirma ajratilishini ma’lum qildi.
Mazkur uchrashuvlar yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama qo‘shimcha kelishuv imzolashga kelishib olindi.

