2024-yilning 27-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbaryati va Buyuk Britaniyaning “University of Sussex” Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Rebecca Jermy o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tgan edi.
Ushbu muloqot davomida, tomonlar kelgusidagi hamkorlikning istiqbollari, kelajakda Jamg‘arma stipendiatlarining ushbu universitetida ta’lim olish imkoniyatlari masalasi, Jamg‘arma tomonidan “University of Sussex” universitetiga boradigan Jamg‘arma stipendiatlariga barcha dasturlar bo‘yicha ma’lum miqdorda grant ajratishda yordam ko‘rsatish, shu bilan birga, Jamg‘arma tomonidan “University of Sussex” universitetida davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilingan edi.
Hozirgi kunda ushbu universitetda 7 nafar Jamg’arma stipendiati tahsil olib kelmoqda va 2024-yilning 1-ochiq stipendiya g‘oliblari orasidan 8 nafar stipendiatlar mazkur universitetiga yuborilish reja qilinmoqda.
Ma’lumot uchun: Sasseks universiteti Angliyada joylashgan davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, uning katta kampus maydoni Sout Dovns milliy bog‘i bilan o‘ralgan. Universitetda qariyb 20 000 dan ortiq talaba tahsil olib, ularning uchdan bir qismi xorijiy mamlakatlardan kelgan talabalardir. Universitetda 1000 dan ortiq akademiklar ta’lim berishadi va ularning 140 dan ortiq turli millat vakillari hisoblanadi. Universitet xalqaro
QS reytingida 218 o‘rinni egallagan. Universitet professor-o‘qituvchilari orasida 5 Nobel mukofoti laureati, 15 Qirollik jamiyati a’zosi, Britaniya akademiyasining 10 nafar a’zosi, Ijtimoiy fanlar akademiyasining 24 nafar a’zosi mavjud. Universitet bitiruvchilari orasidan davlat rahbarlari, diplomatlar, siyosatchilar, taniqli olimlar yetishib chiqqan.
Joriy yilning, 29-noyabr kuni kuni Jamg’arma rahbariyati va Sasseks universiteti rahbariyati o‘rtasida hamkorlik aloqalarini istiqbollarini muhokama qilgan holda joriy yildan boshlab Jamg‘armaning barcha ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan stipendiatlarning har birining o‘qish xarajatlari uchun 20% dan chegirmalar berish bo’yicha hamkorlikdagi ikki tomonlama memorandum imzolandi!

