2024-yilning 14-noyabr kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi jamoasi va Xitoyning “Hong Kong University Science and Technology”ning Ilm-fan fakulteti Хalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Professor Yan hamda Gongkong fan va texnologiya universitetining bakalavr bosqichi qabuli bo‘yicha menejeri Crystal Lui o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti ( HKUST ), 1991-yilda tashkil etilgan boʻlib, u hududdagi universitet maqomiga ega boʻlgan uchinchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Universitet biznes va menejment, muhandislik, gumanitar va ijtimoiy fanlarga yo'naltirilgan to'rtta akademik maktabda tashkil etilgan. Universitetlar reytingida u doimiy ravishda Osiyoning eng yaxshi 15 taligiga kiradi va dunyodagi eng yaxshi yosh universitetlardan biri sifatida qaraladi.
Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti QS reytingi bo’yicha dunyodagi
47-raqamli universitet hisoblanadi!
Universitet muhandislik, injenering, AL (sun’iy intellekt) hamda boshqa ko‘plab texnik va texnologik fanlar bo‘yicha TOP mutaxassislarni tayyorlaydi.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari hozirda 50 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi.
Hozirda ushbu universitetda 2 nafar Jamg‘arma stipendiati ta’lim olmoqda.
Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

