2024-yilning 8-noyabr kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi jamoasi va Avstraliyaning UNSW Sydney oliygohi mintaqaviy menejeri Lau Najari hamda UNSW Sydney collage xalqaro ta’lim menejeri Feras Sallan o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Yangi Janubiy Uels universiteti ( UNSW ), UNSW Sidney nomi bilan ham tanilgan va Avstraliyada joylashgan davlat tadqiqot niversitetidir. Universitet 1949 yilda tashkil etilgan UNSW tadqiqot universiteti bo'lib, tadqiqot universitetlarining global tarmog'i bo'lgan Universitasning 21-a'zosidir . U dunyoning 200 dan ortiq universitetlari bilan xalqaro almashinuv va ilmiy hamkorlikka ega.
Universitet yettita fakultetdan iborat bo‘lib, ular orqali bakalavr, magistr va doktorlik darajalari taqdim etiladi. Universitetda 15 dan ortiq qator maqsadli ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud.
2025 QS World University Rankings reytingida UNSW dunyoda 19-oʻrinda
va Avstraliyada 3-oʻrinda turadi. Universitet muhandislik, injenering, AL (sun’iy intellekt) hamda boshqa ko‘plab texnik va texnologik fanlar bo‘yicha TOP mutaxassislarni tayyorlaydi.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari hozirda 15 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi. Memorandum imzolangandan so‘ng qo‘shimcha tarzda Jamg‘arma stipendiatlari uchun 20 foizlik chegirmalar ajratilishini ma’lum qiindi.
Hozirda 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘oliblaridan 5 nafari ushbu universitetga yuborilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu universitet vakili bilan 2024-yilning 4-oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi xalqaro forumi” (BMI / THE MENA and Central Asia Scholarship Forum) doirasida tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
Kunni ikkinchi yarmida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet masʼullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etildi.
Ushbu vebinarda Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va Jamg’arma faoliyatiga qiziquvchi 2000 nafar yoshlar ishtirok etishdi hamda xorijiy universitet vakillaridan ko‘plab ma’lumotlar olishdi. Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi va barcha qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

