O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga oid tahliliy materiallar jamlangan, Oliy attestatsiya komissiyasining ro‘yxatidan o‘tgan “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Uzbridge” elektron ilmiy-ommabop jurnaliga barcha olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, boy ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan xorijiy vatandoshlar hamda talabalar o‘z ilmiy maqolalarini yuborishlari mumkin.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar 2024-yil 30-oktyabridan 2024-yil 10-noyabrga qadar Jamg‘armaning uzbridge@eyuf.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
P.S. Har bir maqolaga ilmiy unvoni professor yoki dots.nt darajasidan kam bo‘lmagan mutaxassisdan taqriz olgan holda taqdim etish so‘raladi.
Taqrizi yo‘q maqolalar qabul qilinmaydi. Taqrizchining F.I.O, ilmiy darajasi va ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

