2024-yilning 24-oktyabr kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi jamoasi va Malayziyaning Xalqaro Islom Universiteti Boshqaruv kengashi a’zosi Doktor Syed Hussien boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Malayziya Xalqaro Islom universiteti Malayziyadagi davlat universitetidir. Universitetning butun Malayziya bo‘ylaboltita kampusi bor: ikkita tibbiy markazlashtirilgan kampus va Gambang , Pahang shahridagi Fond tadqiqotlari markazi, Kuala-Lumpurdagi ikkita shahar kampusi va Pagoh , Johorda til va turizm kampusi. Universitet sakkiz hukumat va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tomonidan homiylik qiladi. U Indoneziya Xalqaro Islom Universiteti va Bangladeshdagi Chittagong Xalqaro Islom Universitetidan farq qiladi .
Universitet 1983-yil 23-mayda tashkil etilgan va islom tamoyillari asosida tashkil etilgan. 1987-yildan beri universitet dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 70 000 dan ortiq bitiruvchilarni tayyorladi.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari chegirmalar yuzasidan kelishuv asosida o‘z takliflarini bildirishini ma’lum qildi.
Yaqin kunlar ichida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet masʼullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

