2024-yilning 17-oktyabr kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi jamoasi va AQSHning Kent State University Global ta’lim bo‘yicha vitse prezident Marchello Fantoni hamda Universitetning mintaqaviy kordinatori Ayya Xudeybergenova o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Kent State university, AQSHning OGAYO shtatida joylashgan davlat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Universitet 1910 yilda oddiy maktab sifatida tashkil etilgan . Birinchi darslar 1912 yilda turli joylarda va Kentdagi vaqtinchalik binolarda o'tkazildi va asl kampusning birinchi binolari keyingi yili ochildi. O'sha vaqtdan beri universitet san'at va fanlar bo'yicha ko'plab qo'shimcha bakalavr va magistratura dasturlarini, tadqiqot imkoniyatlarini, shuningdek, Kent kampusidagi 1000 akr (405 ga) dan ortiq va 119 binolarni o'z ichiga oladi. 2022 yil holatiga ko'ra, Kent Ogayo shtatidagi uchinchi yirik universitet bo'lib, sakkizta kampus tizimida 34,000 dan ortiq talaba va Kentdagi asosiy kampusda 25,000 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi. Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari 50 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi.
Yaqin kunlar ichida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet masʼullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

