2024-yilning 8-oktyabr kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi jamoasi va AQSHning University of Connecticut Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘yicha direktor Tolga Turker o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Konnektikut universiteti (UConn) Konnektikut shtatining Storrs shahridagi asosiy kampusiga ega bo‘lgan davlat granti tadqiqot universitetidir.
U 1881 tashkil etilgan bo‘lib, 1939 yilda hozirgi nomini oldi. Keyingi o‘n yil ichida bioinjereniya, biomolekulyar injeneriya, kompyuter va elektr injeneriyasi, atrof-muhit, mexanik injeneriya, ilmiy ishlab chiqarish va injeneriya, fuqarolik injeneriyasi sohalari dasturlari tashkil etildi. Konnektikut universitetida 32 000 dan ortiq talaba talim oladigan eng yirik universitet hisoblanadi. Universitet "R1: Doktorantura universitetlari reytingida juda yuqori tadqiqot faoliyati" qatoriga kiritilgan. Ushbu oliygoh esa,THE reytingida 300-350-o‘rinlarni egallaydi.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi. Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun (18-25 yosh) 3 haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, Tolga Turker tomonidan Jamg‘arma tomonidan o‘qishga yuborilayotgan doktorantlarning barcha xarajatlarini universitet tomonidan to‘liq qoplanishi (bioinjereniya, biomolekulyar injeneriya, kompyuter va elektr injeneriyasi, atrof-muhit, mexanik injeneriya, ilmiy ishlab chiqarish va injeneriya, fuqarolik injeneriyasi sohalari uchun ) va nomzodlar uchun ilmiy rahbarlar topishda amaliy yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.
Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari 20 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi.
Yaqin kunlar ichida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet masʼullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
EYUF axborot xizmati

