Bugungi kunda xorijiy nufuzli universitetlarda o‘qishini davom ettirayotganligi sababli test va suhbat jarayonlarida onlayn tartibda ishtirok etishni so‘rab Tanlov komissiyasiga murojaat qilgan nomzodlar uchun Jamg‘arma Vasiylik kengashi 2024-yil 4-sonli qaroriga asosan 73 nafar nomzodlarga ruxsat berilgan bo‘lib, nomzodlar bilan onlayn test jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 26-avgust kuni ZOOM platformasi orqali onlayn va oflayn tartibda o‘tkazilgan edi.
Hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etgan va Vasiylik kengashining qarori asosida appelyatsiya arizalari qanoatlantirilib, Tanlov komissiyasining 2024-yil 31-iyuldagi 3-sonli qaroriga ko‘ra tanlov bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish platformasiga (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance) joylab 2-bosqichga tavsiya etilmagan nomzodlar “El-yurt umidi” jamg‘armasiga joriy yilning 2-avgust kuniga qadar murojaat qilishlari mumkinligi belgilangan edi. Ushbu muddat ichida Jamg‘arma Tanlov komissiyasiga murojaat qilib, arizalari asosli deb topilgan nomzodlar Tanlov komissiyasining joriy yil 9-avgustdagi qaroriga asosan test bosqichiga tavsiya etilgan.
Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, onlayn va oflayn test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar uchun uchinchi bosqichda nomzodlarning xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, ma’naviy-axloqiy tafakkuri, sog‘lom dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aniqlashga qaratilgan Davlat tilida suhbat Davlat boshqaruvi akademiyasida joriy yil 5-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan boshlab, ZOOM platformasi orqali onlayn va oflayn tartibda o‘tkaziladi. Onlayn suhbatga tavsiya etilgan nomzodlar bilan ushbu Havola orqali tanishib olishingiz mumkin. (ZOOM platformasi havolasi nomzodlarga shaxsan taqdim etiladi).Suhbat jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida nomzodlardan ZOOM platformasiga o‘z vaqtida ulanishlari, sifatli aloqani ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishlari hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan ishtirok etishlari talab etiladi.
Tanlov komissiyasi

