“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-stipendiya tanlovining suhbat jarayonlariga tavsiya etilgan nomzodlar bilan joriy yil 23-avgust kuni o‘tkazilgan suhbat natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.
Suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizalari suhbat jarayonlari yakunlangandan so‘ng, ya’ni, 2024 yil 30-avgust kunidan boshlab 3 ish kuni davomida qabul qilinadi.
Tanlovning suhbat jarayonlari Davlat boshqaruvi akademiyasida joriy yil 12-avgustdan 30-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi.
Nomzodlardan suhbat jarayonida ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab etiladi.
Manzil: Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Mo‘ljal: “O‘zbekiston” metro bekati.
Lokatsiya (https://yandex.uz/maps/-/CDe-uT1k)

