O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 18 sentyabr kuni AQSHdagi vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan "Yangi O‘zbekiston - mening nigohimda" nomli maqolalar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov, Yoshlar ishlari agentligi, "El-yurt umidi" jamg‘armasi "Vatandoshlar" jamoat fondi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi hamda ushbu tanlovga 100ga yaqin xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va xorijda ta’lim olayotgan Jamg‘arma stipendiatlari maqolalar bilan ishtirok etdilar.
Ushbu maqolalar Tanlov nizomi asosida ko‘rib chiqildi va 1-2-3- o‘rinlar belgilandi.
G‘oliblar va sovrindorlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
1-o‘ringa - Apple Macbook noutbuki;
2-o‘ringa - Apple iPad Pro 11 plansheti;
3-o‘ringa - Apple iPad 9 plansheti.
Shuningdek, 7 nafargacha bo‘lgan rag‘batlantiruvchi mukofotga loyiq deb topilgan ishtirokchilarning har biri "Apple smart watch"lari bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimiga kela olmagan g‘olib va sovrindorlarga ularning arizalariga binoan sovg‘alar ularning qarindoshiga yetkaziladi yoki g‘olib yashab turgan davlatdagi O‘zbekistonning elchixonasi, konsullik idoralari tomonidan yetkazib berishi mumkin.
Maqolalar tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:
1-o‘rin: Abdulaziz Suyarov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniya, University of Leeds magistranti).
Maqola mavzusi: Yangi O‘zbekiston – globallashayotgan milliy startap ekotizimi: kecha, bugun va ertaga.
2-o‘rin: Asadbek Ro‘ziyev (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, AQShning Arizona Davlat universiteti talabasi).
Maqola mavzusi: Yangi O'zbekiston - mening nigohimda
3-o‘rin: Jalil Vohidov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Shveytsariyaning Jeneva universiteti magistranti).
Top 10 talikka kirgan maqolalar mualliflari bilan tarnishing:
4-o'rin: Jamshidbek Egamberganov (Turkiya).
5-o'rin: Behruzbek Normo‘minov (Turkiya).
6-o'rin: Davron Xolmurodov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniya).
7-o'rin: Munisa Rayimova (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Avstraliya).
8-o'rin: Nurbek Rahmatullayev (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Malayziya).
9-o'rin: Shahzod Abdurazzoqov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati , AQSh).
10-o'rin: Durdona Karimova (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniya).
Barcha g'oliblarni tabriklaymiz! Ushbu maqola mualliflari ham nizomda belgilangan tartibda rag’batlantiriladi!

