Joriy yilning 26-27-28- kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "El-yurt umidi" jamg'armasining rivojlangan mamlakatlarning xorijiy universitetlarida o'qib, hozirda ta'tilga qaytgan stipendiatlari uchun, ""El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari: Yangi O'zbekiston istiqboli uchun birlashamiz" nomli seminari bo'lib o'tdi.
Seminarni tashkil etishdan maqsad, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlariga vatanga sadoqat, o'zbek milliy qadriyatlariga hurmat, g'oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Yangi O'zbekiston yoshlariga oid davlat siyosati mohiyati va maqsadini tushuntirishdan iborat.
Seminar davomida, O‘zbekistonning tashqi siyosiy strategiyasi, hozirgi zamonda dunyodagi global siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda ularga O‘zbekistonning mustaqil munosabatlari haqida tushuntirish. O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va an’analarini o‘rganish. Madaniy o‘ziga xoslikning ahamiyatini va stipendiatlarning madaniyatlar almashinuviga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini muhokamasi hamda milliy o‘zlikni anglash, vatanga bo‘lgan g‘urur va iftixor tuyg‘ulari tavsifi, O‘zbek milliy mumtoz va zamonaviy adabiyoti – yoshlarimizda boy o‘zbek tili va adabiyotiga iftixor hissi hamda munosabatini rivojlantirish kabi masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining o‘qish davomida erishgan yutuqlari tinglanib, ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini yanada oshirish uchun tavsiyalar berildi.
Uch kun davom etgan seminarlarda vazirlik-idora, davlat tashkilotlari rahbarlari siyosatchilar, olimlar va psixologlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Ma'lumot uchun: Jamg'armaning rivojlangan mamlakatlarning xorijiy universitetlarida o'qib qaytgan va hozirda vazirlik-idoralarda amaliyot o'tayotgan stipendiatlaridan 200 nafari ushbu seminarda ishtirok etdi.
Seminarlar qiziqarli va munozaralarga boy tarzda o’tdi va yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javoblar olishdi.
Ushbu seminarlar davomida, Stipendiatlar G’alaba bog’i va Shahidlar xotirasi davlat muzeyiga borib, buyuk ajdodlarimizni jasoratlariga guvoh bo’lishdi. Ikkinchi jahon urushidagi qahramonlar xotirlandi va ularga munosib davomchilar bo‘lishni, yurtimizning rivojiga hissa qo’shishni hamda xalqimiz, yurtboshimiz, ota-onalarini ishonchini oqlab, kelajakda o’z sohalari bo’yicha yetuk kadrlar bo’lishni oldilariga maqsad qilib oldilar.

