Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "El-yurt umidi" jamg'armasining rivojlangan mamlakatlarning xorijiy universitetlarida o'qib, hozirda ta'tilga qaytgan stipendiatlari uchun, ""El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari: Yangi O'zbekiston istiqboli uchun birlashamiz" nomli seminari bo'lib o'tdi.
Seminarni tashkil etishdan maqsad, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlariga vatanga sadoqat, o'zbek milliy qadriyatlariga hurmat, g'oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Yangi O'zbekiston yoshlariga oid davlat siyosati mohiyati va maqsadini tushuntirishdan iborat.
Seminarni ikkinchi kunini Jamg’arma ijrochi direktor o’rinbosari Ahmedov Javohir Jamolovich ochib berdi.
Kunning birinchi qismidagi seminarlarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi o‘rinbosari Safayev Sodiq Salixovich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Tarix instituti direktori Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li, O‘zbekiston Milliy universiteti professori Mavlyanov O‘ktam Maxmasobirovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi mas’ul mutaxassisi o’tib berishdi.

Ma'lumot uchun: Jamg'armaning rivojlangan mamlakatlarning xorijiy universitetlarida o'qib qaytgan va hozirda vazirlik-idoralarda amaliyot o'tayotgan stipendiatlaridan 200 nafari ushbu seminarda ishtirok etmoqda.
Seminar qiziqarli va munozaralarga boy tarzda o’tdi va yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javoblar olishdi.
Ushbu seminarlar davomida, kunning ikkinchi qismida Stipendiatlar G’alaba bog’iga borib, buyuk ajdodlarimizni jasoratlariga guvoh bo’lishdi. Ikkinchi jahon urushidagi qahramonlar xotirlandi va ularga munosib davomchilar bo‘lishni, yurtimizning rivojiga hissa qo’shishni hamda xalqimiz, yurtboshimiz, ota-onalarini ishonchini oqlab, kelajakda o’z sohalari bo’yicha yetuk kadrlar bo’lishni oldilariga maqsad qilib oldilar.
Eslatib o‘tamiz ushbu o‘quv seminarlari 2024-yilning, 26-27-28 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida bo‘lib o‘tadi.

