2024-yilning 30-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov, Jamg‘arma bo‘lim boshliqlari va Shveysariyaning Swiss Education Group tashkilotining Yevropa Marketingi va Rivojlanishi masalalari bo‘yicha direktori Kamil Husayni hamda Swiss Education Group tashkiloti vakili Ibray Dixanbay o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: 1992 yilda Shveysariya mehmonxona boshqaruvi maktabi Swiss Education Group nomi ostida tashkil etilgan. Mazkur tashkilot bilan Jamg‘arma o‘rtasida 2019-yilda memorandum imzolangan edi. Bugungi kunda Swiss Education Group tashkilotiga qarashli universitetlarda 3 nafar Jamg‘arma stipendiatlari ta’lim olishmoqda.
Swiss Education Group “El-yurt umidi” jamg‘armasining hamkori hisoblanadi. Mehmonxonalarni boshqarish maktablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. César Ritz Colleges - (turizm va biznes);
2. Culinary Arts Academy- (ovqat tayyorlash);
3. Hotel Institute Montreux, (Xalqaro biznes BBA, Marketing, HR va Moliya);
4. School of Hotel Management IHTTI - (Interer dizayni);
5. Swiss Hotel Management School - (mehmonxona va restoran menejmenti).
Swiss Education Group dasturlari bitirgan:
Bitirgan talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha 2ta diplom olishga imkoniyatga ega (1 Shveysariya + 1 Amerika / Angliya);
- bakalavr darajasini olish uchun 3-yillik o‘qish zarur;
- magistraturada 1-yillik o‘qish (ilmiy tadqiqot bo‘lsa 2-yil);
- Har yili 6 oy davomida to‘lanadigan stajirovka o‘tagan talabalarni doimiy ravishda rag‘bantirlanib boradi.
2024 yil holatiga ko‘ra, Swiss Education Group portfeliga kiruvchi barcha beshta universitet QS World University Rankings tomonidan dunyodagi eng yaxshi 7-o’rinini egallagan.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma va Shveysariyaning Swiss Education Group tashkilotining o‘rtasida stipendiatlarni ta’lim olishini ta’minlash, davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida sohaga oid vazirlik idoralar xodimlari ishtirokini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilindi.
Swiss Education Group tashkiloti va “El-yurt umidi” jamg‘armasi muntazam ravishda yurtimizdagi yoshlar uchun onlayn vebinarlar tashkil qilib bormoqda. Yaqin kunlar ichida talabalar va maktab bitiruvchilari hamda mutaxassislar uchun onlayn vebinarlar tashkil etilish rejalashtirilgan.
Uchrashuv so’ngida, Javohir Axmedovni taklifiga javoban Kamil Husayni har bir “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘qishga yuborilgan stipendiatlar uchun endilikda 30% lik chegirma ajratish bo’yicha qo’shimcha kelishuv yaqin kunlar ichida imzolanishini ma’lum qildi. Mazkur chegirma joriy yil kuzgi semestridan boshlab boradigan stipendiatlar uchun amal qiladi.

