2024-yilning 30-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javoxir Axmedov va Jamg‘arma bo‘lim boshliqlari hamda Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti, Xalqaro aloqalar va qabul bo‘yicha direktor o’rinbosari Kris Healy bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Manchester universiteti Angliyaning Manchester shahridagi davlat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Manchester fan va texnologiya instituti 1824-yilda Mexanika instituti sifatida tashkil etilgan. Manchesterdagi Viktoriya universiteti 1851-yilda Ouens kolleji sifatida tashkil etilgan.
Manchester universiteti, oʻzidan oldingi institutlarni hisobga olgan holda 25 ta Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.Buyuk Britaniyadagi universitetlar reytinggi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turadi.
Manchester universiteti QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), ga ko‘ra dunyoda 32-o‘rinda turadi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va Jamg‘arma stipendiatlarining Manchester universitetida ta’lim olishini tashkil etish va o‘quv to‘lovlaridan chegirmalar olish masalalaridan iborat.
Uchrashuv davomida Javoxir Axmedov tomonidan Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida ta’lim olayotgan Jamg‘arma stipendiatlarga qo’shimcha sharoitlar yaratib berish taklifini kiritdi. Kris Healy stipendiatlariga yaqindan ko‘mak berishini ta’kidladi. Jamg‘arma stipendiatlari uchun o‘qish davomida yaxshi yutuqlarga erishadigan bo‘lsa, universitet tomonidan yanada ko‘proq stipendiya ham ajratilishi aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, ushbu universitetda 4 nafar Jamg‘arma stipendiatlari ta’lim olishlari haqida ma’lumot berilib, davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovka dasturini tashkil etish taklifi bildirildi. Ushbu taklif universitet vakili Kris Healy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuvda Javoxir Axmedov tomonidan Jamg‘arma stipendiatlari uchun 20% chegirma berish taklif etildi va hamda universitet vakili hozircha faqat magistratura bosqichidagi stipendiatlar uchun chegirma ajratilishini ma’lum qildi. Yaqin vaqt ichida ushbu takliflarni o‘z ichiga olgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

