2024 yilning 23 aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov, Jamg‘arma bo‘lim boshliqlari va Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-g‘arbiy Transport universiteti (Southvest Jiaotong University) Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘yicha direktor Chi Hai, Transport va logistika fakulteti dotsenti Doktor Fu Jijiang hamda Elektron fan va texnologiyalar universiteti Axborot va kommunikatsiya muhandisligi maktabining xalqaro ishlar bo‘yicha boshlig‘i Xiang LI, Xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi kordinatori Sao Binglei (University of Elestronis Ssiyense and Technology of China) o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti – Xitoyning Sichuan shtatidagi Chengdu shahridagi milliy jamoat fanlari va muhandislik universitetidir. Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti Taʼlim vazirligi, Xitoy temir yo‘llari korporatsiyasi, Sichuan provinsiyasi hukumati va Chengdu hukumati tomonidan homiylik qilinadigan milliy universitetdir. Universitet, QS reytingida 201-240- o‘rinlarni egallagan. Sohalar bo‘yicha esa, mashinasozlik – 16, qurilish ishi – 18, elektrotexnika va elektron muhandislik – 48, muhandislik – 87, sunʼiy intellekt – 89 o‘rinlarni egallaydi.
Xitoy Elektron Fan va Texnologiya Universiteti 3 ta universitetning elektronika bo‘limlari, jumladan Jiaotong universiteti (hozirgi Shanxay Jiao Tong universiteti va Sian Jiaotong universiteti), Nankin texnologiya instituti (hozirgi Janubi-Sharqiy universitet) va Janubiy Xitoy texnologiya institutining (hozirgi Janubi-Sharqiy universiteti) elektron bo‘limlari birlashishi asosida tashkil etilgan. Endi Xitoy Elektron Fan va Texnologiya Universiteti ko‘p tarmoqli tadqiqot universiteti bo‘lib, uning yadrosi elektron fan va texnologiya, muhandislik asosiy sohasi bo‘lib, menejment, liberal sanʼat va tibbiyot bilan ajralib turadi. Ushbu oliygoh esa, ARWU reytingida 101-150 o‘rinlarni egallaydi.
Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu ikki universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.
Universitet O‘zbekiston talabalari orasida yangi bo‘lganligi sababli, Jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun manfaatli va samarali loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari 20 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi.
Yaqin kunlar ichida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet masʼullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Uchrashuv so‘nggida, ikki tomon o‘rtasida stajirovka sohasi, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

