2024-yilning 17-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov, Jamg‘arma bo‘lim boshliqlari va Fransiyaning Milliy amaliy fanlar instituti xalqaro hamkorlik bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Marie Peierre Favre o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvni tashkil etishda, O’zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi mas’ul xodimi Jahongir Foziljonov yordam berdi.
Ma’lumot uchun: INSA group 1957 yilda Gaston Berger tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, institut jamoat ilmiy, madaniy va kasbiy muassasasi hisoblanadi.
INSA groupga 7 ta amaliy fanlar va 6 ta muhandislik oliygohlarini o‘z ichiga oladi. Milliy amaliy fanlar instituti Fransiyadagi eng yirik muhandislik ta’limini tashkil etuvchi oliygoh bo‘lib, Fransiyadagi muhandislarning 10% ushbu oliy ta’lim muassasalarini tamomlaydi. Hozirda Fransiyada 8 ta universitetida 10 ta Jamg‘arma stipendiatlari tahsil olmoqda.
INSA group topografiya, sanoat muhandisligi, energetika, atrof-muhit, qurilish muhandisligi, biologiya, kimyo, informatika, elektronika, matematika, mexanika, fizika
va telekommunikatsiya sohalari bo‘yicha ta’lim olishni taklif qilib keladi.
Universitet US News by subject reytingining, mexanik muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha 89-o‘rinni egallaydi.
Hamkorlarga Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari tomonidan Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma va Fransiyaning Milliy amaliy fanlar instituti o‘rtasida stipendiatlarni ta’lim olishini ta’minlash, davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni boshqaruvchi kategoriyalardagi nomzodlar ishtiroki haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Universitet O‘zbekiston talabalari orasida yangi bo‘lganligi sababli, Jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun manfaatli va samarali loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining Tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va bu taklif INSA GROUP - Milliy amaliy fanlar instituti vakili tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Yaqin kunlar ichida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet mas’ullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Uchrashuv so‘nggida, ikki tomon o‘rtasida stajirovka sohasi, Stipendiatlarni ushbu universitetda ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

