2024-yilning 15-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov, Jamg‘arma bo‘lim boshliqlari va UCSI universiteti prorektori professor Siti Xamisa Binti Tapsir, universitet dekani Roland Chan Chi Chiyen, kompyuter fanlari va raqamli innovatsiyalar instituti direktor assistenti professor Doktor Ranu Kolandaisami o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Sedaya xalqaro universiteti Malayziyadagi xususiy universitet bo‘lib, 1984-yilda tashkil etilgan. Hozirda universitetining barcha dasturlari Malayziya Oliy ta’lim vazirligining “Bitiruvchilarni ishga joylashtirish 2021” so‘rovidan 100% ish bilan ta’minlanganlik balliga ega bo‘lib, bitiruvchilarni mehnat bozorida yuqori darajada ish bilan ta’minladilar.
Hozirda universitetda 110 ta turli mamlakatlardan kelgan 12 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet QS reytingida 300 o‘rinni egallagan. San’at sohasi bo‘yicha 21, mehmonxonalar boshqaruvi sohasi bo‘yicha 34-o‘rinni egallaydi.
Dasturlar: Universitetning bakalavriat, magistratura va doktorantura darajasida akademik dasturlarni taqdim etadi. Bularga biznes, muhandislik, arxitektura, tibbiyot, farmatsevtika, hamshiralik ishi, turizm, amaliy fanlar, musiqa va ijtimoiy fanlar bo‘yicha dasturlar kiradi.
Hamkorlarga Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari tomonidan Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma va Sedaya xalqaro universiteti o‘rtasida davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni boshqaruvchi kategoriyalardagi nomzodlar ishtiroki haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Qo‘shimcha tarzda, hozirgi kunda Malayziyaning 4 ta universitetda 9 ta Jamg‘arma stipendiati o‘qishi haqida ham ma’lumot berildi va kelajakda talabalar sonini oshirish to‘g‘risida ham muzokaralar olib borildi.
Universitet O‘zbekiston talabalari orasida yangi bo‘lganligi sababli, Jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun manfaatli va samarali loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Yaqin kunlar ichida O‘zbekistonlik talabalar va maktab bitiruvchilari uchun butun respublikamiz bo‘ylab universitet mas’ullari bilan birgalikda onlayn vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Kelajakda, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining o‘qish xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va ushbu taklif universitet rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuv so‘nggida, ikki tomon o‘rtasida stajirovka sohasi, Stipendiatlarni ushbu universitetda ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini ishlab chiqish hamda imzolashga kelishib olindi.

