“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023 yilgi stipendianti, AQSHning Boston universiteti Biznes boshqaruv yo‘nalishi magistranti Kulboyev Fazliddin “Harvard Business School Middle East & North Africa 2024 Conferense” da ishtirok etdi
Konferensiyani tashkillashtirishdan asosiy maqsad - Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (YSSA) davlatlaridagi biznes imkoniyatlarni namoyon etish va biznes vakillarni tajribalari bilan o‘rtoqlashishni ko‘zda tutadi.
Konferensiya Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining (IMF) Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, O‘rta Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha direktori Jihad Azurning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (YSSA) mintaqasidagi davlatlarining iqtisodiy barqarorligiga bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan global inqirozlarning taʼsirlari haqidagi maʼruza bilan boshlandi.
Mavzu keng doirada bo‘lganligi uchun davradagilar tomonidan berilgan ochiq savollarga Jihad Azur tomonidan to‘liq va tushunarli javob berildi.
Jumladan:
- iqtisodiy o‘sishga ayollar faolligining taʼsiri;
- sunʼiy intellektni (AI) kelajakdagi o‘rni;
- yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqaruvchilariga qaramlik;
- katta davlatlarning mintaqaga taʼsiri va ishtirokchilarni qiziqtirayotgan boshqa savollarga ham maʼruzachi tomonidan javob berildi.
Shuningdek, YSSA mintaqasidagi davlatlarning rivojlanish jarayonidagi yutuq va kamchiliklari, shuningdek, Xalqaro Moliya Jamg‘armasining ushbu mintaqada tutgan o‘rni va istiqboldagi kutilmalari haqida ham maʼlumot berdi.
Konferensiya ochilish marosimidan so‘ng YSSA mintaqasidan Konferensiyaga taklif qilingan biznes va start-up egalari bilan kichik doiralarda suhbatlar tashkil qilindi. Unda mintaqada rivojlanayotgan investitsiya, fin-tex (start-up) lari, chakana savdo, sport, taʼlim, tadbirkorlik, innovatsiya, energetika, infratuzilma, moda sohalaridagi biznes asoschilari o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi va qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Stipendiatimiz Fazliddin Kulboyev konferensiyada davomida tor doirada Jihad Azur bilan tashkil etilgan davra suhbatida ham qatnashib, Azur bilan shaxsan suhbatlashib fikr almashdi.
Jihad Azur bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy transformatsiyani Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan eʼtirof etayotganligini eslatib shunday dedi:
“O‘zbekiston juda go‘zal diyor, uni juda boy tarixi bor, undagi insonlar juda mehmondo‘st, mehribon, men u yerga borishni juda yoqtiraman. Siz (davradagilarga) O‘zbekistonda bo‘lganmisiz, Samarqandga borganmisiz?...Biz (Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi) O‘zbekistondagi ko‘p loyihalarga texnik yordam ko‘rsatib kelamiz. 2017-2018-yillardan valyutani liberallashtirish bilan erkin bozorga ochila boshladi. O‘tish jarayoni turli tashqi omillar taʼsirida ro‘y bermoqda, bu o‘sha 2020-yildagi COVID epidemiyasi va global dunyodagi siyosiy notinchliklar bugun O‘zbekistondagi transformatsiyani biror bir davlat tajribasi bilan solishtirish qiyin, chunki O‘zbekiston biz uchun ham noyob amaliyot bo‘lmoqda...”

