-Muddati: 2024 yil 30 mart
Britaniya Kengashining ayollar uchun STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics – fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan global stipendiya dasturi grantlarni eʼlon qiladi.
Oʼzbekistonlik nomzodlar 2024-2025 o‘quv yilida Buyuk Britaniyaning t o‘rtta universiteti – University of Cranfield, University of St Andrews, University of Glasgow, University of Stirling-larda magistratura bosqichida taʼlim olish maqsadila stipendiya olish uchun 2024 yilda ariza topshirishlari mumkin.
Bu stipendiya dasturining maqsadi ayol-qizlar uchun STEM sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishdir. BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda butun dunyodagi tadqiqotchilarning 30 foizdan kamroq qismini ayollar tashkil qilgan va ayol talabalarning atigi 30 foizi oliy taʼlimda STEMga aloqador sohalarni tanlagan. Biroq bu koʻrsatkich sekin-asta oshib bormoqda va hozirda 35 foizni tashkil qiladi.
2017-2018 yillarda fanlar boʻyicha taqsimot shuni koʻrsatdiki, STEM fanlarini oʻrganayotgan ayollar soni kompyuter fanlari, muhandislik va texnologiya sohalarida ayniqsa past boʻlib, bu sohalardagi talabalarning 19 foizi ayollar va 81 foizi erkaklardan iborat boʻlgan. Fizika fanlari va matematika hamda statistikadagi koʻrsatkichlar yuqoriroq boʻlib, mos ravishda 39 foiz va 37 foizni tashkil qilgan (erkak talabalar ulushi mos ravishda 61 va 63 foiz).
Quyidagi davlatlardan boʻlgan nomzodlar magistratura bosqichi stipendiyasi uchun ariza berishi mumkin: Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Qozogʻiston, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, Oʻzbekiston, Turkiya, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Kuba, Yamayka, Meksika, Peru, Venesuela va Misr.
Asosiy afzalliklari
- Akademik nufuz: Birlashgan Qirollik universitetlari STEM fanlari boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridan joy olgan
- Iqtisodiy yordam taʼlim haqi, stipendiya, safar xarajatlari, viza va tibbiy sugʻurta badallarini qoplashni oʻz ichiga oladi
- Onalar uchun maxsus yordam
- Ingliz tili yuzasidan yordam.
Ushbu universitetlarga uchun nomzodlarga 2024 yilda ariza topshirishlari mumkin. Hujjat topshirish ohirgi muddati 2024 yilning 30 martiga qadar davom etadi. 2024 yilning oktyabr oyidan magistrantlar uchun o‘qish boshlanadi.
Siz bir nechta ariza berishingiz mumkin, lekin har bir muassasa orqali alohida murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Ushbu universitetlarda 40 dan oshiq yo‘nalishlarga topshirishingiz mumkin!
Ushbu havola orqali hujjat topshirishingiz mumkin : https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem

