Joriy yilning 19 fevral kuni ZOOM orqali “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov, Bo‘limi boshliqlari hamda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetining Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Michael Bissell, Birmingem universiteti Xalqaro talabalarni qabul qilish fakulteti dekani Karl Adaway hamda Birmingem universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha menejeri Ven Xao bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Birmingem universiteti Angliyaning Birmingem shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. Universitetga 1900 yilda asos solingan.
2021-yilgi Research Excellence Framework dasturida Birmingem universiteti oʻrtacha ball boʻyicha 129 ta institut ichida 13-oʻrinni egalladi. Birmingem universiteti QS reytingida 2024) – 84- o‘rinda turadi.
Birmingemda keng doiradagi fanlarni qamrab oluvchi fakultetlar mavjud.
-San'at va huquq;
-Muhandislik va fizika fanlari;
-Hayot va atrof-muhit fanlari;
-Tibbiyot va stomatologiya fanlari;
-Ijtimoiy fanlar;
-Liberal san'at va fanlar.
2023 yilning iyun oyida Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedovning mazkur universitetga tashrif buyurib, ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi. Erishilgan kelishuv bo‘yicha hozirgi vaqtda Birmingem universitetida tahsil olish uchun Jamg‘arma tomonidan yuborilgan 4 nafar stipendiatlar uchun o‘quv xarajatlari to‘lovi miqdoridan 15% miqdorda chegirma ajratish masalasi universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi va tasdiqlanganligi sababli, oktyabr oyida to‘lanadigan stipendiatlarning o‘qish xarajatlaridan mazkur chegirmalar ajratib to‘lashga kelishilgan edi.
Shu bilan birga, Mishel Bissel tomonidan Jamg‘armaning har bir stipendiati uchun Birmingem universitetida ta’lim olmoqchi bo‘lgan stipendiatlar uchun qabul xatini tez fursatlarda olishda ko‘maklashishini ta’kidladi.
Mazkur universitetda 5 nafar stipendiatlar ta’lim olmoqda. Ularning har biri o’qish xarajatlaridan 15% miqdorda chegirma ajratilgan.
Shuningdek, Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov tomonidan 2024 yilda o‘qishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun “Birmingem universitetida ta’lim olish imkoniyatlari” haqida vebinar tashkil etishni taklif etdi va ushbu taklif xorijiy universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuvlar yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan yangi ikki tomonlama memorandumni 2024-yilning aprel oyiga qadar imzolashga kelishib olindi.

