1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Jamg‘arma mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yordamida topadi, shuningdek, vatandosh o‘zi mustaqil ravishda Jamg‘armaga murojaat etadi.
2. Vatandoshlar bilan Jamg‘arma dastlabki muloqotlar o‘rnatadi, vatandoshlar to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar olinadi va ular bilan kelgusidagi hamkorlik ishlari kelishib olinadi
3. Vatandoshlarning tegishli hujjatlari asosida Jamg‘arma
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik, idora va tashkilotlariga hamkorlik yoki kelgusida doimiy mehnat faoliyatiga jalb etish yuzasidan ular munosabatini so‘rab murojaat yo‘llaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi vazirlik, idora va tashkilotlari vatandoshlarimiz bilan muloqot o‘rnatadi, hamkorlik munosabatlarini kelishib oladi va natijasi yuzasidan Jamg‘armaga axborot yo‘llaydi.
5. Vatandoshlar bilan Jamg‘arma, vazirlik, idora va tashkilotlar mas’ul xodimlari videomuloqot o‘rnatadi, zarurat bo‘lganda esa, ularni ishga joylashishi yuzasidan tegishli shartnomalar imzolashi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelib-ketishini tashkil etadi.
Shu bilan birga, vatandoshlar bilan muloqotlar davomida ularning O‘zbekiston Respublikasiga yaqin yillarda to‘liq qaytishi yuzasidan kelishuvlar bo‘lmasada, lekin ular masofadan turib vazirlik, idora va tashkilotlarga maslahatchi-konsultant sifatida yordam berishlariga tayyor ekanliklari aniqlanmoqda. Bunda vatandoshlar Jamg‘armaga murojaat etishlari, Jamg‘arma esa o‘z navbatida vazirlik, idora va tashkilotlariga murojaat etib, mazkur masalani hal etishda ko‘maklashadi.