2026-YIL 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN NOMZODLAR DIQQATIGA!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovidagi test sinovlari spetsifikatsiyasi bilan veb-saytimizda tanishingiz mumkin:
Talabgorlarning yoʻnalishlar boʻyicha bilimlari quyidagi tartibda baholanadi:
- Bakalavr: tahliliy fikrlash (20 ta savol), IQ (20 ta savol).
- Magistratura va doktorantura: tahliliy fikrlash (20 ta savol), ilmiy-tadqiqot olib borish kompetensiyasi (20 ta savol).
Test sinovlari oʻzbek tilida oʻtkaziladi.
Test uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball olgan nomzodlar keyingi bosqichdagi suhbatga oʻtkaziladi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot Telegram boti

