Joriy yilning 26-fevral kuni onkologiya jarrohligi yoʻnalishida xalqaro stajirovka dasturi uchun qoʻshimcha tanlovga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Tanlov “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan xorijiy tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladigan stajirovkalarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizomga asosan Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra, 4 nafar nomzod stajirovka dasturida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Apellyatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 26-fevral kunidan boshlaydi. Murojaatlar besh ish kuni — 4-mart kuni soat 18:00 ga qadar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

