Ibrohimjon Joʻraboyev Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi.
I. Joʻraboyev “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendianti, “Sapienza University of Rome” universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. U Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Samandar Ismoilov Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisining oʻrinbosari lavozimiga saylandi.
S. Ismoilov “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendianti sifatida Buyuk Britaniya Leicester universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasi Ibrohimjon Joʻraboyevni va Samandar Ismoilovni tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaydi!

